ЗавodKogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 2025–2026-o‘quv yilida “Eco-Schools Uzbekistan” loyihasiga qo‘shilish jarayonini boshladi. Loyiha maktab o‘quvchilarida ekologik ong, madaniyat va barqaror rivojlanish g‘oyalarini shakllantirishga xizmat qiladi. O‘quvchilar chiqindilarni saralash, resurslardan oqilona foydalanish va tabiatni asrab-avaylash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni egallaydilar. Loyiha orqali ularda yetakchilik, tashabbuskorlik hamda jamoada ishlash ko‘nikmalari rivojlanadi. Maktabda ekologik qo‘mita tashkil etilib, ekologik holatni baholash va harakatlar rejasini tuzish ishlari amalga oshiriladi. O‘quvchilar global ekologik muammolar mazmunini tushunib, o‘z hududlarida amaliy yechimlar ishlab chiqishga o‘rgatiladi. “Eco-Schools” metodologiyasi xalqaro tajribaga asoslangan bo‘lib, maktabimizning ekologik salohiyatini yanada oshiradi. Loyiha maktab jamoasi, ota-onalar va mahalla hamkorligini mustahkamlashga yordam beradi. Ikki yil davomida faol ishtirok etgan maktablar “Yashil bayroq” xalqaro mukofotini qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Maktabimiz ushbu loyiha orqali o‘quvchilarni ekologik yetakchilar sifatida tarbiyalashni maqsad qilgan.