MUDDATIDAN OLDIN TALABALIK BAXTI!!!
19 may 2026

Kogon TIMning 11-sinf o‘quvchisi Bahronov Javlonbek Davronovich OTMga kirish uchun maksimal 189 ballni to'plab, imtihonsiz talabasi bo'lish baxtiga sazovor bo'ldi.

O‘quvchimiz quyidagi fanlardan yuqori natijalarni qo‘lga kiritdi:
Matematika — A+
 Fizika — A+
 O'zbek tili va adabiyoti — B+
Tarix — C+

 

Batafsil
Eng yaxshi kitobxon o`quvchi
24 aprel 2026

2026-yil 23-aprel kuni o‘tkazilgan
 “Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i kubogi” uchun
 “Eng yaxshi kitobxon o‘quvchi” tuman tanlovida

 9–10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida
 FAXRLI 2-O‘RINni egallaganligi uchun

 Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
9A-01-sinf o‘quvchisi
Xojiyeva Mohinur Tal’at qizi

 2-darajali DIPLOM
hamda esdalik sovg‘asi bilan taqdirlandi!

Mohinurga yangi yutuqlar,
 ilm yo‘lida ulkan zafarlar tilaymiz!
 Kelajakda bundan-da katta marralarni zabt etishingizga ishonamiz!

Batafsil
Xushxabar
17 aprel 2026

 Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 
6-sinf o'quvchisi INGLIZ TILIdan til bilish sertifikatlarini qo'lga kiritdi.

✨ 6A-01 sinf o'quvchisi Raxmatullina Xadichabonu Damirovna CEFR imtihonidan muvaffaqiyatli o'tdi va SERTIFIKAT sohibi bo'ldi.
Listening – 58
✍️Writing – 45
Reading – 54
Speaking – 45
Overall Score – 51
Level – B2
Ustozi – Sayfulloyeva Zaynab Ilhom qizi
⚡️O'quvchining ota- onasini ham yutuqlari bilan tabriklaymiz!
 

Batafsil
Targ'ibot
13 aprel 2026

Kogon tuman IMda 8–9-sinf o‘quvchilari bilan Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylariga o‘qishga kirish tartibi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Suhbat davomida o‘quvchilarga quyidagi muhim masalalar yuzasidan aniq va sodda ma’lumotlar berildi:
 -Litseylarga o‘qishga topshirish tartibi
 -Kerakli hujjatlarni to‘plash va rasmiylashtirish
 -Qabul jarayonidagi talab va bosqichlar
 -O‘qish davomidagi imkoniyatlar va yaratilgan sharoitlar

Batafsil
Sumalak 2026
04 aprel 2026

Aytishlaricha, sumalakning ta’mi nafaqat unib chiqqan bug‘doyga, balki uni tayyorlayotgan insonlarning pok niyatlariga ham bog‘liq. Kogon tumani ixtisoslashtirilgan maktabimizda esa bu taom yanada fayzli chiqdi, chunki qozon atrofida tez orada maktab bag‘ridan parvoz etadigan bitiruvchilar jam bo‘lishdi. 

Bitiruvchilarimiz uchun sumalak tayyorlash — bu oddiy oshpazlik jarayoni emas, balki birdamlik, sabr va avlodlar davomiyligining ramzidir:

Har bir harakatda an’ana: Tun bo‘yi o‘quvchilar navbat bilan qozonni kovlab, o‘z orzu-istaklarini tilashdi. 
Maktabdoshlar birdamligi: Olov atrofidagi suhbatlarda bitiruvchilar eng yorqin xotiralarni eslab, kelajak rejalari bilan o‘rtoqlashib, ustozlariga minnatdorchilik bildirishdi. 

Batafsil
MUDDATIDAN OLDIN TALABALIK BAXTI!!!
10 mart 2026

Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o‘quvchisi  Safarov Akbarshoh Bobirovich oliy ta’lim muassasasilariga kirish uchun maksimal 189 ballni to'pladi. 
⚡️O'quv yili tamomlanmasdan turib oliy ta'lim muasasasining imtihonsiz talabasi bo'lish baxtiga sazovor bo'ldi.

Akbarshoh o’g’limizning yutuqlari:
 Matematika — A
 Ingliz tili — B2
 O'zbek tili — B
Tarix — C+
 

Batafsil
Har oyda bir kitob mutolaa qilamiz
04 mart 2026

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 04.03.2026 yil "Har oyda bir kitob mutolaa qilamiz" shiori ostida intellektual tanlov o'tkazildi. Tanlovda 7-8-sinflar o'rtasida Jek Londonning "Oq so'yloq" asari bo'yicha savol-javob  o'tkazildi. 

 

Batafsil
Teatr
02 mart 2026

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, sport, ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarning "Turon" o'quvchilar teatr jamoalari o'rtasida "Teatr - ibratxonadir" shiori ostida o'tkazilgan tanlovning hududiy bosqichida "Dolzarb mavzuning sahnaviy talqini" nominatsiyasiga munosib topilganligi uchun Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabning "Zumrad va Qimmat" nomli sahna ko'rinishi DIPLOM bilan taqdirlandi.

Batafsil
Har oyda bir kitob
11 dekabr 2025

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 10.12.2025 yil "Har oyda bir kitob mutolaa qilamiz" shiori ostida intellektual tanlov o'tkazildi. Tanlovda 7-8-sinflar o'rtasida Lev Tolstoyning "Hojimurod" asari bo'yicha savol-javob  o'tkazildi. 

Batafsil
Milliy sertifikat
09 dekabr 2025

Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida  o'quvchilarimizdan navbatdagi yutuqlar !

Batafsil