Targ
13 aprel 2026

Kogon tuman IMda 8–9-sinf o‘quvchilari bilan Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylariga o‘qishga kirish tartibi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Suhbat davomida o‘quvchilarga quyidagi muhim masalalar yuzasidan aniq va sodda ma’lumotlar berildi:
 -Litseylarga o‘qishga topshirish tartibi
 -Kerakli hujjatlarni to‘plash va rasmiylashtirish
 -Qabul jarayonidagi talab va bosqichlar
 -O‘qish davomidagi imkoniyatlar va yaratilgan sharoitlar

Batafsil
Sumalak 2026
04 aprel 2026

Aytishlaricha, sumalakning ta’mi nafaqat unib chiqqan bug‘doyga, balki uni tayyorlayotgan insonlarning pok niyatlariga ham bog‘liq. Kogon tumani ixtisoslashtirilgan maktabimizda esa bu taom yanada fayzli chiqdi, chunki qozon atrofida tez orada maktab bag‘ridan parvoz etadigan bitiruvchilar jam bo‘lishdi. 

Bitiruvchilarimiz uchun sumalak tayyorlash — bu oddiy oshpazlik jarayoni emas, balki birdamlik, sabr va avlodlar davomiyligining ramzidir:

Har bir harakatda an’ana: Tun bo‘yi o‘quvchilar navbat bilan qozonni kovlab, o‘z orzu-istaklarini tilashdi. 
Maktabdoshlar birdamligi: Olov atrofidagi suhbatlarda bitiruvchilar eng yorqin xotiralarni eslab, kelajak rejalari bilan o‘rtoqlashib, ustozlariga minnatdorchilik bildirishdi. 

Batafsil
MUDDATIDAN OLDIN TALABALIK BAXTI!!!
10 mart 2026

Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o‘quvchisi  Safarov Akbarshoh Bobirovich oliy ta’lim muassasasilariga kirish uchun maksimal 189 ballni to'pladi. 
⚡️O'quv yili tamomlanmasdan turib oliy ta'lim muasasasining imtihonsiz talabasi bo'lish baxtiga sazovor bo'ldi.

Akbarshoh o’g’limizning yutuqlari:
 Matematika — A
 Ingliz tili — B2
 O'zbek tili — B
Tarix — C+
 

Batafsil
Har oyda bir kitob mutolaa qilamiz
04 mart 2026

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 04.03.2026 yil "Har oyda bir kitob mutolaa qilamiz" shiori ostida intellektual tanlov o'tkazildi. Tanlovda 7-8-sinflar o'rtasida Jek Londonning "Oq so'yloq" asari bo'yicha savol-javob  o'tkazildi. 

 

Batafsil
Teatr
02 mart 2026

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, sport, ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarning "Turon" o'quvchilar teatr jamoalari o'rtasida "Teatr - ibratxonadir" shiori ostida o'tkazilgan tanlovning hududiy bosqichida "Dolzarb mavzuning sahnaviy talqini" nominatsiyasiga munosib topilganligi uchun Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabning "Zumrad va Qimmat" nomli sahna ko'rinishi DIPLOM bilan taqdirlandi.

Batafsil
Har oyda bir kitob
11 dekabr 2025

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 10.12.2025 yil "Har oyda bir kitob mutolaa qilamiz" shiori ostida intellektual tanlov o'tkazildi. Tanlovda 7-8-sinflar o'rtasida Lev Tolstoyning "Hojimurod" asari bo'yicha savol-javob  o'tkazildi. 

Batafsil
Milliy sertifikat
09 dekabr 2025

Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida  o'quvchilarimizdan navbatdagi yutuqlar !

Batafsil
Fan olimpiadasi viloyat bosqichi
03 dekabr 2025

Fanlar olimpiadasining viloyat bosqichida Kogon tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi 10 - sinf o'quvchisi Raxmonova Hadicha Bobomurod qizi  Ingliz tili fanidan 1-o'rinni egalladi.

Batafsil
Yashil makon
02 dekabr 2025

Kogon tuman  ixtisoslashtirilgan maktabida  "Yashil makon" loyihasi doirasida obodonlashtirish va ko‘kalamlashtirish ishlari davom etmoqda.

Batafsil
Uchrashuv
01 dekabr 2025

Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Prezident iqtidorli farzandlari" milliy dasturiga qabul qilingan o'quvchilar bilan uchrashuv o'tkazildi.

     Maktab maslahatchisi Muminov M va Buxoro viloyati bosh maslahatchisi Ikramova B tomonidan Buxoro viloyatidan Prezident iqtidorli farzandlari milliy dasturiga qabul qilingan o'quvchilar uchun uchrashuv tashkil qilindi.
 

Batafsil
Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
25 noyabr 2025

 ITMA tizimidagi Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o'quvchisi Xikmatov Shavkat xalqaro SAT imtixonidan 1200 ballni qo'lga kiritdi!

Batafsil
Xalqaro hamkorlik
21 noyabr 2025

Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining rus tili fani o'qituvchilari Saidova Nargiza va Raxmonova Sitora RUDN universitetining "Лига педагогов СНГ" shiori ostida o'tkazilayotgan Xalqaro tanlovning final bosqichida ishtirok etish uchun Rossiya federatsiyasining Moskva shahrida bo'lib turishibti. O'zbekiston Respublikasidan 8 nafar pedagoglar faol ishtirokchilar safidan joy olishgan.

Batafsil